Bugun 17 aprel, 2026 yil, juma

КИР

Dunyoda ilk bor robot-jarroh tomonidan o‘pka transplantasiyasi amalga oshirildi

A A A
Dunyoda ilk bor robot-jarroh tomonidan o‘pka transplantasiyasi amalga oshirildi

Ispaniyaning Barselona shahridagi Vall d'Hebron shifoxonasida 65 yoshli bemorga robot-jarroh tomonidan o‘pka ko‘chirib o‘tkazildi.

Operasiya chog‘ida yangi usul qo‘llanildi. Ya’ni shikastlangan o‘pka ko‘krak qafasini ochmasdan, bemorning to‘sh suyagi ostidagi kichik kesma orqali olib tashlanib, o‘rniga yangisi o‘rnatildi.

Ma’lum bo‘lishicha, faqat kichik kesma hosil qilish jarayoni shifokor qo‘li bilan bajarilgan. Qolgan barcha yumushlar Da Vinchi nomli robotning "to‘rtta mohir qo‘li" yordamida uddalandi.

Mutaxassislar ushbu yangi jarrohlik texnologiyasi nisbatan xavfsiz va kaminvaziv bo‘lib, kelgusida minglab bemorlar hayotini saqlab qolish imkonini beradi, degan xulosada.

Kiritildi: 22:18 18.04.2023. O'qildi: 1993 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!