Bugun 28 aprel, 2024 yil, yakshanba

КИР

Dunyoda har ikki soniyada bir kishi yuqumli bo‘lmagan kasalliklardan vafot etmoqda - JSST

Dunyoda har ikki soniyada bir kishi yuqumli bo‘lmagan kasalliklardan vafot etmoqda - JSST

Jahon sog‘liqni saqlash tashkilotining navbatdagi hisobotida keltirilishicha, Yer yuzida har ikki soniyada bir kishi yuqumli bo‘lmagan kasalliklar oqibatida hayotdan ko‘z yummoqda. Bu haqda SSV matbuot xizmati xabar qilmoqda.

Ma’lum qilinishicha, infarkt, insult, saraton, qandli diabet kabi noinfeksion xastaliklar yiliga 41 million nafar kishining hayotiga zomin bo‘lmoqda. Bu, dunyoda kasalliklar oqibatida qayd etilayotgan o‘lim holatlarining deyarli to‘rtdan uch qismiga teng.

Vaholanki, JSST tomonidan 2030 yilgacha yuqumli bo‘lmagan kasalliklardan erta o‘lim ko‘rsatkichlarini uchdan bir qismga qisqartirishga qaratilgan Barqaror rivojlanish maqsadlari qabul qilingan.

Ammo hozir sanoqli mamlakatlargina ushbu hujjatda belgilangan maqsadlar ro‘yobiga erishish uchun astoydil intilmoqda, xolos.

Shundan kelib chiqib, tashkilot rahbari Tedros Gebreyesus mamlakatlar sog‘liqni saqlash tuzilmalari rahbarlarini mazkur kasalliklarga qarshi kurashish borasida shoshilinch choralar ko‘rishga chaqirdi.

Kiritildi: 14:08 22.09.2022. O'qildi: 1378 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!