Shanba kuni Zelenskiy Ukraina kuchlari Rossiya bilan chegaradosh Kursk viloyatida Shimoliy Koreyaning ikki yarador askarini qo‘lga olganini aytdi.
Bu Pxenyan Ukraina bilan urushda Rossiyani qo‘llab-quvvatlash uchun qo‘shin yuborganidan so‘ng, Kiyev birinchi marta Shimoliy Koreya askarlarini tiriklayin qo‘lga olganini e’lon qilgani bo‘ldi .
Zelenskiyning so‘zlariga ko‘ra, asirlar “zaruriy tibbiy yordam” olishmoqda va ular Kiyevdagi Ukraina Xavfsizlik xizmati (SBU) hibsxonasida.
Shimoliy Koreya Ukrainadagi urushni qo‘llab-quvvatlash uchun Rossiyaga 12 mingga yaqin askarini yuborganiga ishoniladi.
O‘tgan oy Janubiy Koreya urushda Shimoliy Koreyaning 1000 nafar qurboni bo‘lganini ma’lum qilgan edi .
Zelenskiy ommaviy axborot vositalariga mahbuslar bilan tanishish imkoniyati ham berilishini aytdi. “Dunyo sodir bo‘layotgan voqealar haqida haqiqatni bilishi kerak”, dedi u.