Bugun 25 aprel, 2024 yil, payshanba

КИР

Dunyo musulmonlariga savol: Islom dini qanday yo‘l bilan tarqagan?

Dunyo musulmonlariga savol: Islom dini qanday yo‘l bilan tarqagan?

Ko‘pchilik odamlar islomni yaxshi ko‘rishlarini va bu dinni hamma joyda tarqashida ko‘makchi bo‘lishni orzu etishlarini aytishadi. 

Dunyo musulmonlariga savol: Islom dini qanday yo‘l bilan tarqagan?

Arab jazirasidan kelgan yuzlab yoki minglab kishilar uni qanday yoyishgan? Islomni Xitoydan to O‘rta Afrikagacha va Yevropa g‘arbigacha bo‘lgan buyuk sivilizasiyalar vatanlari; Fors, Rum, Yunon va fir’avnlar mamlakatida qanday targ‘ib etishgan? 

1. Islom kuch bilan tarqagan deya ishonasizmi? 

Javob: Yo‘q, albatta. Bu tarixan isbotlangan masala. Misr hokimlari misrliklarni islomga majburlashmagan. Fotimiylar davlatining ilk davrigacha Misrdagi musulmonlar diniy ozchilik bo‘lishgan. Hech qaysi musulmon hokim g‘ayridinlarni islomga majburlamagan. Vaholanki, salbchi hukmdorlar Andalus, Janubiy Amerika va Filippinda buning aksini qilishgan.

2. Musulmon fuqarolar o‘sha xalqlar oldiga borib: "Sizlar kofirsizlar, do‘zaxga tushasizlar. Xudolaringiz yaramas, aqidangiz noto‘g‘ri. Biz musulmonlar esa haqiqat ustidamiz, yaqinda jannatga tushamiz", deyishgan deb o‘ylaysizmi? Shunda o‘sha xalqlar ularning so‘zlarini eshitib, aqida, kufr va shirklarini tark etib islomni qabul qilganlar, deb ishonasizmi?

Tabiiyki, bunday bo‘lmagan. Dinni qabul qilishda majburlanmagan. Uning mohiyatini tushuntirishgan, qabul qilgan joni va molida omon bo‘lgan, musulmon sanalgan, qabul qilmagan shartnoma asosida biz bilan yashayvergan. Bularni xohlamagan urishib, g‘olib bo‘lgan yo mag‘lub. Bundan boshqacha talqinlar esa dushmanlarning to‘qimalari bo‘ladi.

3. Islomning tarqashiga uch ish asosiy omil bo‘lgan: 

1) Musulmon ulamolarning mujodala, ishontirish va aqlni ishlatishdagi quvvatlari tahsinga loyiq bo‘lgan. (Bu xususiyat xususan Motirudiy, Ash’ariylarda, hamda Ibn Rushd va Forobiy kabi faylasuflarda yorqin ko‘ringan). Garchi ularning ayrim fikrlari bizga yoqib tushmasada yoki ba’zan yunon, hamda fors falsafasidan keragidan ortiq ta’sirlangan bo‘lishsada, lekin aksar fikr va qarashlari o‘ta kuchli va islomning o‘zagidan bo‘lgan, hamda adolatu-tavhidga chaqirgan.

Shuning uchun ham ularni "Adl va tavhid ahli" deya atashgan. 

2) So‘fiy ulamolarning ruh, hissiyot va qalblarga xitob qilish mahoratlari kuchli bo‘lgan. Ular din asoslaridan chekinmagan holda olamga mehr-muhabbat tuyg‘ularini yoyganlar. Boshqalarni esa bor xususiyat va ayblari bilan qabul qilganlar. Xayrixohlik, muhabbat va bag‘rikenglikda oldinda bo‘lganlar. (To‘g‘ri, ularning ayrimlari botiniy shatahotlar va Vahdatul-vujud kabi noto‘g‘ri tushunchalarga yon berganlar). Lekin aksarlari islomni yoyish sharafiga noil bo‘lganlar. 

3) Hayratlantirish, boshqalarga zarbulmasal va o‘rnak bo‘lish. Diniga qat’iy amal qiladigan muvaffaqiyatli musulmon shaxsiyati.. Bir vaqtning o‘zida u boshqalarga nisbatan oliyjanob. Ularga hakamlik qilmaydi. Ammo o‘zi dinini mahkam tutadi. O‘zgalarga esa hakam yo qozi bo‘lib olmaydi. 

Ajrab turadigan, musulmon, go‘zal xulqli, itoatkor, amalli va dinini mahkam tutgan olim. 

Musulmon, go‘zal xulqli va dinini mahkam tutgan mohir hunarmand. 

Musulmon, go‘zal xulqli va dinini mahkam tutgan savdogar. 

Kuchli musulmon davlat. Unda erkinlik va adolat bo‘lgan. Islomiy xususiyatini saqlab qolgan.

Xulosa: 

Agar islomga nusrat berishni va uni har tomonda yoyishni xohlasangiz, oldingilar uni qanday yoyganlarini o‘rganing:

1. Aql va qanoatlantirishga bo‘lgan qudrat.

2. Boshqalarni sevish, o‘zingni ularga hakam va qozi qilib olmaslik.

3. Hayotda dinni mahkam tutgan holda kasbiy muvaffaqiyatlarga erishish.

Islom hayot mehvaringiz va hadafingizga aylangan vaqtda.. ana shu paytda uni Yevropa, Xitoy, Amerika, Avstraliya va ona zaminning har nuqtasida tarqata olasiz. 

Shuning uchun ham kuchli mo‘min zaif mo‘mindan yaxshi hisoblanadi.

Doktor Xolid Emora

Ustoz Mubashshir Ahmad tarjimasi

Manba: azon.uz

Kiritildi: 05:30 26.10.2020. O'qildi: 7013 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!