Aholi sonini barqaror saqlab turish uchun bir ayolga o‘rtacha 2,1 nafar farzand to‘g‘ri kelishi kerak. Biroq Financial Times hisob-kitoblariga ko‘ra, dunyodagi 195 davlatning uchdan ikki qismidan ko‘prog‘ida tug‘ilish darajasi ushbu ko‘rsatkichdan pastga tushgan.
Ayniqsa, rivojlanayotgan mamlakatlarda tug‘ilishning keskin kamayishi yangi demografik tendensiyaga aylanmoqda. Masalan, Tailandda bu ko‘rsatkich 0,78 nafargacha tushgan. Agar ushbu tendensiya saqlanib qolsa, mamlakat aholisi kelgusi asr davomida keskin qisqarishi mumkin. Meksikada esa so‘nggi 25 yilda tug‘ilish darajasi ikki baravar kamayib, 2024 yilda bir ayolga 1,2 nafar farzandni tashkil etgan. Shu kabi holatlar Afrikaning yirik shaharlarida ham kuzatilmoqda.
Ekonomist Xesus Fernandes-Vilyaverde demografik pasayish vaqtinchalik holat emas, balki bir necha avlod davom etishi mumkin bo‘lgan jarayon ekanini ta’kidlagan. Uning fikricha, dunyo aholisi 2050-yillarda o‘z cho‘qqisiga yetishi, shundan keyin esa kamayishni boshlashi mumkin.
Muammoning yana bir jihati — ayrim davlatlar iqtisodiy jihatdan boyishga ulgurmasdan qarib bormoqda. Meksika va Tailand kabi mamlakatlar aholining qarishi bilan bog‘liq xarajatlarni ko‘tarishiga to‘g‘ri keladi, biroq ularda Germaniya yoki Yaponiya kabi davlatlardagi darajada iqtisodiy zaxiralar mavjud emas.
Tadqiqotchilar tug‘ilishning pasayishiga bir qator omillar ta’sir qilayotganini qayd etmoqda. AQShdagi Sinsinnati universiteti tadqiqotiga ko‘ra, smartfonlar va internetdan keng foydalanish ham omillardan biri bo‘lishi mumkin. Yoshlar internetda ko‘proq vaqt o‘tkazib, bir-biri bilan yuz, iqtisodiy inqirozlar, uy-joy narxlarining yuqoriligi va uy-joy yetishmasligi ham odamlarni farzandli bo‘lishni kechiktirishga yoki kamroq farzandma-yuz muloqot qilishga kamroq vaqt ajratmoqda.
Bundan tashqari, iqtisodiy inqirozlar, uy-joy narxlarining yuqoriligi va uy-joy yetishmasligi ham odamlarni farzandli bo‘lishni kechiktirishga yoki kamroq farzand ko‘rishga undayotgan omillar sifatida ko‘rsatilmoqda.