Dubay polisiyasi nafaqat jamoat joylarida himoya niqobi taqmaganlarni, balki niqobni noto‘g‘ri taqqanlarni ham jarimaga torta boshladi, deya yozadi IslamToday nashri.
Jarima ham kam emas – ming dirham, bu qariyb 273 dollarga to‘g‘ri keladi. Mahalliy mutaxassislar himoya niqobi taqish va ijtimoiy masofani saqlash koronavirus profilaktikasida asosiy choralar ekanini ta’kidlamoqda. Bu qoidalarga barcha jamoat joylarida rioya etishi zarur.
Dubay polisiyasining bildirishicha, ba’zilar himoya niqobi bilan burun va og‘zini yopish o‘rniga uni og‘ziga yoki iyagiga, hatto bo‘yniga tushirib olishayotgani uchun ham shunday chora ko‘rishga majbur bo‘lishgan.