Dubayda maydoni 2,6 kvadrat kilometr bo‘ladigan ulkan Dubai Square Mall savdo markazi qurilmoqda.
Bu shisha gumbaz ostidagi butun boshli shaharcha bo‘ladi.
Majmua Dubay-Krik hududida joylashadi va tashrif buyuruvchilar elektromobillarda harakatlanishi mumkin bo‘lgan yo‘llarga ega bir nechta kvartallarni o‘z ichiga oladi. Shuningdek, son-sanoqsiz do‘konlar, bog‘lar, restoranlar, mehmonxonalar va «ilg‘or sun’iy intellekt tizimlari» joriy etilishi va’da qilinmoqda.
Loyihaning ochilishi 2028 yilga rejalashtirilgan bo‘lib, uning qiymati allaqachon 49 milliard dollarga yetgan.