Bugun 10 dekabr, 2025 yil, chorshanba

КИР

Dronlar Rossiyaning Arzamas shahridagi ikki sanoat zonasiga hujum qildi — OAV

Dronlar Rossiyaning Arzamas shahridagi ikki sanoat zonasiga hujum qildi — OAV

Ukraina manbalari zarba “Arzamas maxsus uskunalar zavodi”ga berilganini da’vo qilmoqda. Biroq bu borada rasmiy tasdiqlar yo‘q.

"Hujum oqibatida bir kishi halok bo‘ldi, ikki kishi jarohat oldi", deya xabar bermoqda Nijeegorod viloyati gubernatori Gleb Nikitin.

Rossiya Mudofaa vazirligi xabariga ko‘ra, 11 avgustga o‘tar tunda Rossiya hududi ustida 40 dan ortiq dron urib tushirilgan. Moskva meri Sergey Sobyaninning ma’lum qilishicha, ulardan uchtasi poytaxt osmonida yo‘q qilingan

Tunda Kaluga va Penza aeroportlarida “parvozlar xavfsizligini ta’minlash” maqsadida cheklovlar joriy etildi. Keyinchalik bu cheklovlar bekor qilindi, deb xabar berdi Rosaviasiya.

Kiritildi: 13:16 11.08.2025. O'qildi: 795 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!