Ukrainaning Chernigov viloyatidagi Priluki shahrida dron hujumi oqibatida kamida besh kishi, jumladan, bir yoshli bola halok bo‘ldi, olti kishi yaralandi.
Bu haqda Chernigov viloyati davlat ma’muriyati rahbari Vyacheslav Chaus "Telegram" kanalida yozgan.
Uning ta’kidlashicha, hujumda kamida oltita dron ishlatilgan.
"Portlashlar oqibatida turar-joy hududidagi uylar vayron bo‘lgan. Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, besh kishi halok bo‘lgan - ulardan ikki nafari ayol va bir yoshli bola vayronalar ostidan topilgan. Shuningdek, olti nafar yarador haqida ma’lumotlar bor, ular mahalliy kasalxonalarga yotqizilgan, ularga barcha zarur yordam ko‘rsatilmoqda", — dedi V.Chaus.
Viloyat davlat hokimiyati rahbarining qo‘shimcha qilishicha, halokat sodir bo‘lgan joyda favqulodda xizmatlar ishlamoqda.