Bugun 18 dekabr, 2025 yil, payshanba

КИР

Driskoll Ukraina bo‘yicha muzokaralardan chetlatildi

Driskoll Ukraina bo‘yicha muzokaralardan chetlatildi

Pentagon rahbari Pit Hegset AQSh armiyasi vaziri Deniyel Driskollni Ukrainadagi vaziyatni tartibga solish bo‘yicha muzokaralar jarayonidan chetlatdi. Hegsetning fikricha, vazir vakolat doirasidan chiqib ketgan. Bu haqda The Telegraph manbalarga tayanib xabar berdi.

«U (Deniel Driskoll) o‘z zimmasiga juda ko‘p narsani olib yubordi va shuning uchun jazolandi», dedi gazeta suhbatdoshi. Nashr manbalari Pentagon rahbarini «paranoik» deb atagan.

Noyabr oyida Deniel Driskollga Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiyga Rossiya-Ukraina mojarosini hal qilish bo‘yicha AQSh rejasini taqdim etish topshirilgan edi. Uchrashuv muvaffaqiyatsiz o‘tdi va Ukraina tomoni AQSh takliflarini rad etdi, deb yozdi The Telegraph.

Ikki hafta oldin Driskoll muzokaralarni davom ettirish uchun yana Kiyevga borishi kerak edi, biroq uning tashrifi bekor qilindi, deb yozdi gazeta. Shuningdek, u 1 dekabr kuni Parijda Zelenskiy va Fransiya prezidenti Emmanuel Makron bilan muzokaralar o‘tkazishni rejalashtirgan edi, biroq Driskoll uchrashuvni yana bekor qildi.

Kiritildi: 23:51 12.12.2025. O'qildi: 1267 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!