Hindistonda hukmron Milliy demokratik alyansdan nomzod Draupadi Murmu mamlakatda bo‘lib o‘tgan prezidentlik saylovlarida g‘alaba qozondi, deb xabar bermoqda Indian Express gazetasi.
“Murmu 64% dan ko‘proq ovoz oldi (676 803 ta) raqibi Yashvant Sinxadan (380 177 ta ovoz) farq bilan g‘alaba qozondi”, - deyiladi xabarda.
Murmu Santal xalqining vakili. U Hindiston prezidenti lavozimini egallagan ikkinchi ayol bo‘ldi. 2015 yilda Murmu besh yilga Jxarxand gubernatori etib saylangan.