O‘zbekistonda dorixonalar orqali onlayn savdo yo‘lga qo‘yilishi rejalashtirilmoqda.
Yangi tartibga ko‘ra:
— dorilarni elektron platformalar orqali buyurtma qilish mumkin bo‘ladi;
— har bir dorixonada onlayn buyurtmalarni berish punkti tashkil etiladi;
— kurerlar dorilarni maxsus termokonteynerlarda yetkazib beradi.
Shuningdek, dori o‘ramlarini ochish taqiqlanadi va yetkazib berish uchun qat’iy talablar belgilanadi.
Qarorga ko‘ra, 2026 yil 1 iyuldan 2028 yil 1 iyulgacha elektron savdo uchun maxsus “bond ombori” tizimi ham sinov tariqasida joriy etiladi.