Polsha Bosh vaziri Donald Tusk ikki davlat o‘rtasidagi munosabatlarda yuzaga kelayotgan tushunmovchiliklar haqida to‘xtaldi. Uning ta’kidlashicha, ba’zan polshaliklarda «ukrainaliklar bizning sa’y-harakatlarimizni yetarlicha qadrlamayapti» degan hissiyot paydo bo‘lmoqda.
Shu bilan birga, Tusk ukrainaliklar ham Polshadagi kayfiyat avvalgidek qo‘llab-quvvatlovchi emasligini sezayotganini tan oldi. «Bu haqiqat. Biz bir-birimizga nisbatan katta sabr va tushunish bilan yondashishimiz kerak», — dedi Bosh vazir.
Kiritildi: Bugun 13:10.
O'qildi: 320 marta.
Fikrlar soni: 0 ta.