Bugun 7 yanvar, 2026 yil, chorshanba

КИР

Donald Tramp Venesuelaga hujum yuzasidan matbuot anjumani o‘tkazdi

Donald Tramp Venesuelaga hujum yuzasidan matbuot anjumani o‘tkazdi

U Nikolas Maduro va uning rafiqasini “narkoterrorizm”, kokain kontrabandasi hamda qurol saqlash bo‘yicha fitnada aybladi.

Ta’kidlanishicha, Maduro shaxsan AQShga narkotik yetkazgan “Quyosh karteli” faoliyatini muvofiqlashtirgan.

Tramp AQSh Venesuelaning kelajagi masalasida bevosita ishtirok etishini, hozircha mamlakatda Amerika kuchlari qolishini bildirdi. Shuningdek, zarurat tug‘ilsa, ikkinchi zarba yanada kuchli bo‘lishini inkor etmadi.

Amerika rahbari Karakasdagi harbiy amaliyotni Ikkinchi jahon urushidan beri o‘tkazilgan misli ko‘rilmagan operasiya deb atadi va bu harakat AQSh suverenitetiga tahdid soluvchilar uchun ogohlantirish ekanini ta’kidladi.

Kiritildi: 17:24 04.01.2026. O'qildi: 623 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!