AQSh yetakchisi Donald Tramp Venesueladan Qo‘shma Shtatlarga yuz millionlab barrel neft yetkazib berilayotganini ma’lum qildi.
U Vashington va Karakas o‘rtasida «ajoyib munosabatlar» o‘rnatilganini ta’kidladi.
«Venesueladan milliardlab va milliardlab barrel neft kelmoqda. Bu dunyodagi neftga eng boy hududlardan biridir», — dedi Tramp.
Shuningdek, AQSh prezidenti Karakasdagi harbiy operasiyani «48 daqiqalik urush» deb atadi.