Bugun 10 noyabr, 2025 yil, dushanba

КИР

Donald Tramp o‘zining nomi bilan atalgan stadion bo‘lishini xohlamoqda

Donald Tramp o‘zining nomi bilan atalgan stadion bo‘lishini xohlamoqda

AQSh prezidenti Donald Tramp o‘z nomi bilan ataladigan stadionga ega bo‘lishni istamoqda. Bu haqda ESPN nashri xabar berdi.

Xabarga ko‘ra, Milliy futbol ligasi (NFL) vakili “Vashington Kommanders” klubi uchun 3,7 milliard dollarlik yangi stadion qurilmoqda. U eski Robert Kennedi nomidagi stadion o‘rnida bunyod etilmoqda. Mazkur arena 1961-yildan 1996-yilgacha jamoaning uy maydoni bo‘lgan. Yangi inshoot 2030-yilda foydalanishga topshirilishi rejalashtirilgan.

Manbalarning ma’lum qilishicha, klub egalaridan biri hisoblangan Josh Harris boshchiligidagi investorlar guruhi hamda Tramp vakillari o‘rtasida norasmiy muzokaralar ham o‘tkazilgan.

“Bu prezidentning istagi va katta ehtimol bilan bu amalga oshadi”, deya xabar berdi Oq uy mansabdorlaridan biri.

Oq uy matbuot kotibi Kerolin Livitt esa Trampning yangi stadion qurilishiga katta hissa qo‘shganini aytgan:

“Bu nom stadion uchun juda mos bo‘lardi, axir aynan prezident Tramp yangi inshoot qurilishiga katta hissa qo‘shgan”.

Qayd etilishicha, stadion nomini rasmiy ravishda tuman kengashi hamda davlat yerlarini boshqaruvchi federal agentlik tasdiqlaydi. “Kommanders” jamoasining o‘zi bu qarorni mustaqil qabul qila olmaydi.

Kiritildi: Bugun 10:54. O'qildi: 219 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!