Bugun 9 iyul, 2025 yil, chorshanba

КИР

Donald Tramp Mark Sukerberg bilan uchrashdi — CNN

A A A
Donald Tramp Mark Sukerberg bilan uchrashdi — CNN

Uchrashuv Trampning Florida shtatidagi Mar-a-Lago qarorgohida bo‘lib o‘tdi. AQShning saylangan prezidenti va Meta kompaniyasi rahbari o‘rtasidagi suhbat mavzusi noma’lum.

"Sukerberg AQShning saylangan prezidenti tarafdori bo‘lish va Donald Tramp boshchiligidagi islohotlar harakatining bir qismi bo‘lish istagi haqida gapirdi", — deya ma’lum qildi Trampning maslahatchisi Stiven Miller.

Jurnalistlarning qayd etishicha, Sukerberg va Tramp saylov oldidan bir necha oy davomida muloqot qilgan. Shu bilan birga, Donald Tramp yozda chop etilgan kitobida Sukerbergni o‘ziga qarshi fitnada ayblab, agar kompaniya asoschisi 2024 yilgi prezidentlik saylovida firibgarlik qilsa, "bir umrlik qamoq jazosiga mahkum etilishi" bilan tahdid qilgan.

Kiritildi: 17:42 28.11.2024. O'qildi: 1091 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!