AQSh Prezidenti Donald Tramp mamlakatda yoqilg‘i narxi oshishi sababli vaqtinchalik yoqilg‘i soliqlarini bekor qilishini ma’lum qildi.
"Bu (qaror) maqsadga muvofiq bo‘lguniga qadar amal qiladi. Eron bilan bog‘liq barcha vaziyat yakunlanishi bilan benzin va neft narxi toshdek pastga qulashini ko‘rasiz", — deya uning so‘zlaridan iqtibos keltiradi TASS.