Vayronalar ostidan barcha qurbonlarning jasadlari olib chiqildi.
“Yana 189 kishi qutqarib olindi va ular kasalxonada”, dedi Favqulodda vaziyatlarni boshqarish markazi rahbari general Xuan Mendez.
Dushanbaga o‘tar kechasi Santo-Domingodagi Jet Set tungi klubining tomi mamlakatning eng mashhur qo‘shiqchilaridan biri Rubbi Peres konsert berayotgan vaqtda qulab tushgandi. Hodisada qo‘shiqchi ham vafot etdi.