Bugun 18 may, 2025 yil, yakshanba

КИР

Dominikan Respublikasida tungi klub tomi qulashi oqibatida halok bo‘lganlar soni 184 kishiga yetdi

Dominikan Respublikasida tungi klub tomi qulashi oqibatida halok bo‘lganlar soni 184 kishiga yetdi

Seshanba kuni Dominikan Respublikasi poytaxti Santo-Domingoda Jet Set tungi klubi tomining qulashi oqibatida halok bo‘lganlar soni 184 kishiga yetdi.

Bu haqda mahalliy hokimiyat ma’lum qildi.

Dominikan Respublikasi prezidenti Luis Abinader qurbonlar xotirasiga 8 apreldan boshlab uch kunlik milliy motam e’lon qildi.

Tungi klub halokati seshanba kuni ertalab jonli ijro paytida sodir bo‘lgan. Mahalliy OAVning xabar berishicha, tom to‘satdan elektr uzilishidan keyin qulab tushgan.

Qutqaruv ishlari davom etmoqda. Qulash sabablari o‘rganilmoqda.

Kiritildi: 10:32 10.04.2025. O'qildi: 716 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!