Bugun 14 mart, 2025 yil, juma

КИР

Dollarga dollar! Kanada ham Trampning bojlariga qattiq javob qaytardi

Dollarga dollar! Kanada ham Trampning bojlariga qattiq javob qaytardi

Kanada moliya vaziri Dominik Leblan 13 mart kuni Amerika tovarlarining 29,8 milliard Kanada dollari (20,7 milliard AQSh dollari) miqdoridagi importiga qo‘shimcha 25 foizlik bojlar joriy etilishini e’lon qildi.

Mazkur qaror Qo‘shma Shtatlar tomonidan barcha po‘lat va alyuminiy importiga 25 foizlik bojlar kiritilishiga javoban qabul qilindi.

"Bugun men Kanada hukumati dollarga dollar tamoyiliga amal qilgan holda, ertaga, 2025 yil 13 mart kuni yarim tundan boshlab Qo‘shma Shtatlardan qo‘shimcha 29,8 milliard Kanada dollari qiymatidagi importga 25 foizlik javob bojlarini joriy etishini e’lon qilaman. Bu 12,6 milliard dollarlik po‘lat mahsulotlari va 3 milliard dollarlik alyuminiy mahsulotlari, shuningdek, 14,2 milliard dollarlik AQShdan qo‘shimcha import tovarlarini o‘z ichiga oladi," dedi Dominik Leblan matbuot anjumanida.

Dominik Leblan 12 martdan kuchga kirgan ushbu tovarlar importiga AQSh tomonidan joriy etilgan bojlarni "asossiz" deb baholadi. 4 mart kuni Vashington Kanadaning barcha tovarlariga nisbatan 25 foizlik bojlarni joriy etgan edi, biroq keyinchalik bojlarning katta qismini avvalgi darajasiga qaytardi.

Kiritildi: 21:25 12.03.2025. O'qildi: 1428 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!