Bugun 12 aprel, 2025 yil, shanba

КИР

Doktor Tramp operasiya o‘tkazdi. Bemor norozi

Doktor Tramp operasiya o‘tkazdi. Bemor norozi

AQSh prezidenti Donald Tramp Truth Social ijtimoiy tarmog‘ida Vashington tomonidan ishlab chiqarish va xavfsizlik uchun muhim bo‘lgan tovarlardan tashqari deyarli barcha import mahsulotlariga 10 foizdan 49 foizgacha yangi bojlar joriy etilgani haqida yozuv qoldirdi.

"Operasiya yakunlandi! Bemor omon qoldi va sog‘aymoqda. Bashoratlarga ko‘ra, bemor ilgarigidan ham kuchliroq, yirikroq, yaxshiroq va bardoshliroq bo‘lib ketadi," deya yozgan Tramp.

Shu bilan birga, YouGov tadqiqot xizmati o‘tkazgan so‘rov natijalari shuni ko‘rsatmoqdaki, AQSh aholisining yarmidan ko‘pi yangi savdo bojlariga qarshi chiqmoqda.

AQSh prezidenti Donald Trampning tashabbusiga amerikaliklarning 40 foizi mutlaqo qo‘shilmasa, mamlakat aholisining yana 11 foizi uni umuman ma’qullamaydi. Amalga oshirilayotgan boj siyosatini fuqarolarning 34 foizi qo‘llab-quvvatlagan. Yana 15 foizi esa sodir bo‘layotgan voqealarga o‘z bahosini berishga qiynalmoqda.

Shu bilan birga, amerikaliklarning 67 foizi o‘zlari uchun odatiy bo‘lgan tovarlar narxining ko‘tarilishini kutmoqda. Mamlakat aholisining atigi 15 foizi narxlar avvalgi darajada qolishiga umid qilsa, yana 4 foizi esa ular pasayishiga ishonmoqda.

Shunday vaziyatda har beshinchi amerikalik hozirning o‘zidayoq u yoki bu tovarlarning narxi yaqin kelajakda oshishini kutib, ularni zaxira qilib sotib olishni boshlamoqda. Ayni paytda, mamlakat aholisining 49 foizi bunday rejalar tuzmagani, yana 31 foizi esa o‘z xatti-harakatlari yo‘nalishini hali aniqlamagani ma’lum bo‘ldi.

Kiritildi: 20:17 03.04.2025. O'qildi: 1151 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!