Bugun 22 iyun, 2025 yil, yakshanba

КИР

“Dok-1 Maks” ishlab chiqaruvchilari siropni bemorlarga tavsiya qilib kelgan shifokor, hamshira va dorixona xodimlarini doimiy rag‘batlantirib kelgani ma’lum bo‘ldi

A A A
“Dok-1 Maks” ishlab chiqaruvchilari siropni bemorlarga tavsiya qilib kelgan shifokor, hamshira va dorixona xodimlarini doimiy rag‘batlantirib kelgani ma’lum bo‘ldi

«Dok-1 Maks» ishi bo‘yicha sud majlisida Soliq qo‘mitasi vakili siropni bemorlarga tavsiya qilgan va uning ko‘proq sotilishiga hissa qo‘shgan shifokorlar, hamshiralar, shuningdek, dorixona sotuvchilari va rahbarlarini muokofotlash uchun milliardlab pul to‘lab kelinganini ma’lum qildi. Bu haqda Daryo nashri xabar berdi.

Uning so‘ziga ko‘ra, ishlab chiqaruvchilar “Dok-1 Maks” siropini bemorlarga tavsiya qilgan va uning ko‘proq sotilishiga hissa qo‘shgan shifokorlarga 5 milliard 57 million so‘mlik rag‘bat puli to‘lagan. Shifoxonadagi emlash hamshiralariga esa bu xizmati uchun 122 million so‘mlik mukofot pullari bergan. “Dok-1 Maks” siropini boshqalarga nisbatan yaxshi va ko‘proq sotgan dorixona sotuvchilari va rahbarlarini mukofotlash uchun esa 2 milliard 345 million so‘m mablag‘ ajratgan.

Soliqchining qo‘shimcha qilishicha, shuningdek “Quramax Medikal” MCHJ mas’ullari korxona faoliyatiga hissa qo‘shgan xodimlariga konvert usulida 13 milliard so‘mlik oylik maosh to‘lab bergan.

Kiritildi: 15:59 24.10.2023. O'qildi: 1590 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!