Dog‘istonning Kizilyurt tumanidagi "Mozdok - Kazimagomed" magistral gaz quvurining diametri 1200 mm bo‘lgan qismida sodir bo‘lgan portlashdan keyin yuzaga kelgan alangali yong‘in o‘chirildi.
Bu haqda Rossiya Federasiyasi Favqulodda vaziyatlar vazirligining respublika bo‘yicha Bosh boshqarmasi matbuot xizmati ma’lum qildi.
"Alangali yong‘in hozirda o‘chirildi. Qurbonlar va jarohatlanganlar yo‘q", deyiladi bayonotda.
Quvurdagi yong‘in balandligi 15 metrga yetdi. Nijniy Chiryurt va Gelbax qishloqlaridagi 310 ta uy aholisi xavfsizlik uchun evakuasiya qilindi.
Vazirlik ma’lumotlariga ko‘ra, hozirda tozalash ishlariga 12 kishi va uchta texnika jalb qilingan.