Bugun 29 mart, 2024 yil, juma

КИР

Dog‘istonda bo‘lib o‘tgan to‘y Ginnes rekordlar kitobiga kiritildi

Dog‘istonda bo‘lib o‘tgan to‘y Ginnes rekordlar kitobiga kiritildi

29 sentyabr kuni Dog‘iston poytaxti Derbent shahrida bo‘lib o‘tgan “Katta Dog‘iston to‘yi” - Ginnes rekordlar kitobiga kiritildi. Bu haqida mahalliy nashr xabar qilmoqda.

“Bir kunda va bir joyda Dog‘istonda yashayotgan barcha asosiy millat vakillaridan iborat 16ta juftlik ishtirokida to‘y bo‘lib o‘tdi. Marosimga 10 mingdan ortiq mehmonlar kelishdi. Juftliklar orasida turmush qurganiga 60 yil bo‘lgan oila ham bor”, - deyilgan xabarda.

Ushbu marosim Ginnesning rekordlar kitobida “Eng ko‘p millatli to‘y” hamda “Eng ko‘p mehmon kelgan to‘y” nominasiyalari bo‘yicha yutuqni qo‘lga kiritgan.

Xabarda aytilishiga ko‘ra, ushbu katta to‘y tadbiri shahar meri Xizr Abakarov tashabbusi bilan amalga oshirilgan.

 

Kiritildi: 20:49 30.09.2019. O'qildi: 4602 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!