Ijtimoiy tarmoqlarni taqiqlash sababli Nepal hukumatini ag‘dargan zummerlar endi internetda davlatni kim boshqarishi bo‘yicha saylov o‘tkazishmoqda, deb xabar bermoqda The New York Times.
145 mingdan ortiq fuqaro mamlakatning yangi rahbarini tanlash uchun virtual chatda muntazam uchrashishmoqda.
Bu hazil emas. 100 mingdan ortiq a’zoga ega eng yirik server mamlakatni kim boshqarishini hal qilmoqda.
Tafsilotlarga ko‘ra,
— Adminlar allaqachon harbiylar bilan muzokaralar olib borib, vaqtinchalik rahbar lavozimiga sobiq Oliy sud raisi Sushila Karkini nomzod qilib ko‘rsatishgan;
— Adminlar orasida maktab o‘quvchilari bor, ularning ba’zilari esa aynan shu yili maktabni tugatganlar bor;
— Ularning serverdagi muhokama va qarorlaridan endi Nepalning yirik OAVlari iqtibos keltiryapti;
— So‘z erkinligi tufayli munozaralar tez-tez tartibsiz xabarlar oqimiga aylanib ketmoqda;
— Moderatorlar bir vaqtning o‘zida zo‘ravonlikka chaqiriqlar, trollar va chet ellik foydalanuvchilarga qarshi kurashmoqda.