Quyidagi amallar orqali ro‘za buziladi va faqat qazo ro‘za tutish vojib bo‘ladi:
1. Ro‘zani safarga chiqish, kasallik, hayz-nifos va aqldan ozish kabi sabablar bilan buzilsa;
2. Odatda tanavvul qilinmaydigan narsalar, masalan, qog‘oz va loy kabilarni iste’mol qilinsa;
3. Tosh, temir, oltin, kumush va boshqa qattiq jismlarni yutilsa;
4. Zo‘rlanganlik oqibatida yeb-ichilsa;
5. Hali tong otmadi deb o‘ylab yeb-ichish yoki jinsiy aloqa qilib qo‘yilsa-yu, aslida tong otib bo‘lgan bo‘lsa yohud kun botdi degan gumon bilan og‘izni ochib qo‘ysa-yu, buning aksi bo‘lib chiqsa;
6. Og‘iz yoki burunni chayishda ehtiyotsizlik tufayli suvni ichkariga kiritib yuborsa;.
7. Qasddan ko‘ngilni aynitish tufayli og‘izdan to‘lib qayd qilsa;
8. Qor yoki yomg‘ir og‘izga tushsa;.
9. Tutunni qasddan hidlasa;
Tishlar orasida qolgan no‘xot va undan katta hajmdagi ovqat qoldig‘ini yutsa;
10. Ro‘zani unutib yeb yoki ichib qo‘ygach, endi ro‘zam ochilib ketdi degan gumon bilan tanavvulni davom ettirsa;
11. Tundan niyat qilmagani uchun ro‘zani buzsa;
12. Kun yarmidan keyin safarga chiqib, ro‘zani ochib yuborsa;
13. Niyat qilmay kun bo‘yi yemoq va ichmoqlardan tiyilib yursa;
14. Quloqqa tomizilgan yog‘ yoki suvning mazasini halqumida sezsa;
15. Burunga dori tomizsa;
16. Klizma qilsa;
17. Ayolini quchish yoki o‘pish tufayli maniy chiqsa;.
18. Qorindagi yaraga qo‘yilgan dorini oshqozonga va boshdagi yaraga qo‘yilgan dorini dimog‘ga yetsa;
Ushbu yuqorida sanab o‘tilgan amallardan birini qilgan kishi Ramazonning hurmati uchun kunning qolganini o‘zini tiyish bilan o‘tkazishi zarur bo‘ladi hamda bir kuniga bir kun ro‘za tutib beradi...