O‘zbekiston musulmonlari idorasi tasarrufidagi diniy ta’lim muassasalarining 2019-2020 o‘quv yili uchun qabul kvotasi e’lon qilindi. Unga ko‘ra, eng ko‘p – jami 60 talaba (50 nafar o‘g‘il bola va 10 nafar ayol-qizlar) Imom Buxoriy nomidagi Toshkent Islom institutiga qabul qilinadi.
“Ko‘kaldosh”, “Mir Arab”, “Hidoya”, “Xoja Buxoriy”, “Sayyid Muhyiddin maxdum”, “Faxriddin ar-Roziy”, “Muhammad al-Beruniy” o‘rta maxsus bilim yurtlarining har biriga 30 nafardan, “Xadichai Kubro” va “Jo‘ybori Kalon” ayollar o‘rta maxsus bilim yurtlariga esa 20 nafardan talaba olinadi.
Bundan tashqari, Mir Arab Oliy madrasasida 20 nafar o‘g‘il bolalar va 5 nafar ayol qizlar, Hadis ilmi maktabida esa 10 nafar yangi talaba o‘qishni boshlaydi.
Manba: azon.uz