Bugun 26 avgust, 2026 yil, chorshanba

КИР

Dilnoza Kattaxonova tanishtirildi: xotin-qizlar yo‘nalishida 5 ta ustuvor vazifa belgilandi

Dilnoza Kattaxonova tanishtirildi: xotin-qizlar yo‘nalishida 5 ta ustuvor vazifa belgilandi

Prezident Administrasiyasi rahbari Saida Mirziyoyeva Bosh vazirning xotin-qizlar masalalari bo‘yicha o‘rinbosari etib tayinlangan Dilnoza Kattaxonovani jamoatchilik va soha vakillariga tanishtirdi.

19 milliondan ziyod ayollarimiz — bu ulkan kuch va ayni paytda katta mas’uliyat demakdir. Davlat xotin-qizlarning ehtiyoj va muammolarini qanchalik teran anglasa, har bir oilaning farovonligi shunchalik barqaror bo‘ladi. Aynan shu sababli bandlikni ta’minlash, xorijdagi hamyurtlarimizni qo‘llab-quvvatlash hamda zo‘ravonlikning oldini olish kabi masalalar vaqtinchalik choralar emas, balki puxta ishlab chiqilgan tizimli yondashuvni talab etadi.

Og‘ir hayotiy vaziyatga tushib qolgan ayollar: jazo muddatini o‘tayotgan, uyi va farzandlaridan uzoqda mehnat qilayotgan xotin-qizlarga alohida e’tibor qaratilishi lozim. Ular yolg‘izlanib qolmaganlarini, davlat ularning qismatiga befarq emasligini his qilishlari kerak.

Dilnozaxon, Sizga bu yo‘lda oqilalik, qat’iyat, ishingizga omad va yurtimizdagi har bir ayolning hayotida aks etadigan ulkan natijalar tilayman, — dedi Saida Mirziyoyeva.

⚡️Yig‘ilishda xotin-qizlar siyosatining ustuvor yo‘nalishlari belgilinib, yangi rahbar oldiga 5 ta asosiy vazifa qo‘yildi:

➡️Iqtisodiy faol bo‘lmagan har bir xotin-qiz bilan manzilli ishlashning mutlaqo yangi tizimini yaratish.

➡️Xorijda mehnat qilayotgan xotin-qizlar va ularning oilalari bilan tizimli ishlash, farzandlari davlat e’tiborida bo‘lishini ta’minlash.

➡️Og‘ir hayotiy vaziyatga tushgan ayollarni ta’lim, kasb, psixologik va huquqiy qo‘llab-quvvatlash orqali jamiyatga qaytarish.

➡️Xotin-qizlarga nisbatan zo‘ravonlikning oldini oladigan, xavfni barvaqt aniqlaydigan elektron tizimni joriy etish.

➡️Oilalarni mustahkamlash, ajrimlarni kamaytirish, yoshlarni nikohga tayyorlash va bepul oilaviy psixologik xizmatlarni kengaytirish.

📌 Bu vazifalar xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash, ularning huquq va qonuniy manfaatlarini ishonchli himoya qilish, munosib mehnat va hayot sharoitlarini ta’minlash hamda jamiyatdagi o‘rni va nufuzini yanada mustahkamlashga xizmat qiladi.

Kiritildi: 07:27 11.07.2026. O'qildi: 1530 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!