Bugun 10 avgust, 2025 yil, yakshanba

КИР

Dilmurod Kasimov bosh prokurorning o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi

Dilmurod Kasimov bosh prokurorning o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi

Dilmurod Kasimov Bosh prokuror o‘rinbosari bo‘ldi. Bu haqda mahkama matbuot xizmaati xabar berdi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining tegishli Farmoniga asosan adliya katta maslahatchisi Kasimov Dilmurod Sultanmuratovich O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurorining o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi.

Tayinlovga qadar Dilmurod Kasimov O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Tadbirkorlik sub’ektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish bo‘yicha vakil lavozimida ishlagan.

Kasimov prokuratura organlarida turli mas’ul lavozimlarda faoliyat yuritgan.

Kiritildi: 18:40 04.03.2025. O'qildi: 1740 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!