“Dili me” taxallusi bilan tanilgan bloger Dilshod O‘rozboyev (Nazarov)ga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgani haqida xabar bergan edik. Ushbu holat yuzasidan Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi munosabat bildirdi.
Qayd etilishicha, 1999 yilda tug‘ilgan taniqli bloger Dilshod O‘rozboyev (Nazarov) joriy yilning 23 yanvar kuni fuqaro P.A.ni urib tan jarohati yetkazgan. Bloger bir necha bor tergovga chaqirilsada, borishdan bosh tortib yurgan.
Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan xabarlarga ko‘ra, bloger o‘zining kuyovi (singlisining turmush o‘rtog‘i)ni kaltaklagan. Bunga kuyov P.A. blogerning singlisini urgani sabab qilib ko‘rsatilmoqda. Qayd etilishicha, O‘rozboyev (Nazarov)ning kuyovi u bilan tengdosh.
Hozircha P.A. blogerning singlisini kaltaklagani haqida rasmiy ma’lumot berilmadi.