Bugun 17 oktyabr, 2024 yil, payshanba

КИР

Desham Mbappening tungi klubga borganiga munosabat bildirdi

Desham Mbappening tungi klubga borganiga munosabat bildirdi

Dide Desham Kilian Mbappening Fransiya milliy jamoasi Millatlar ligasi doirasida Isroilga (4:1) qarshi kechgan bahsda tungi klubga borganiga munosabat bildirdi.

«Mbappening tungi klubga borgani? Men milliy jamoa ixtiyorida bo‘lmagan futbolchilar haqidagi yangiliklarni kuzatmayman. Kilian hozir «Real»da reabilitasiyada. Uning o‘yin vaqtida qayerda bo‘lishini bilmayman.

Kilian Isroilga qarshi bellashuvdan oldin menga xabar yubordi. U boshqa o‘yinchilar singari jadvalga amal qiladi. Agar futbolchining dam olish kuni bo‘lsa, u xohlagan narsasini qilishi mumkin», — deya Fransiya milliy jamoasi bosh murabbiyining so‘zlarini keltiradi Telefoot nashri.

Kiritildi: 20:50 14.10.2024. O'qildi: 910 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!