Tojikiston parlamenti quyi palatasi deputati Dilnoza Ahmadzoda bolalarning ijtimoiy tarmoqlardan foydalanishiga cheklov qo‘yishni taklif qildi.
Taklifga ko‘ra:
— 14 yoshgacha bo‘lgan bolalarga ijtimoiy tarmoqlar butunlay taqiqlanadi;
— 14–17 yoshli o‘smirlar esa faqat ota-onasining yozma roziligi bilan foydalanishi mumkin.
Ahmadzoda bu tashabbusini “Xalq gazetasi”da chop etilgan maqolasida ilgari surdi.
Biroq mutaxassislar bunday cheklovlarga ehtiyotkorlik bilan yondashmoqda. Ularga ko‘ra, to‘liq taqiq amalda qiyin va muammolarni hal qilmaydi. Shuning o‘rniga raqamli gigiyena, tanqidiy fikrlash va ma’rifiy ishlarga e’tibor qaratish zarur.