Bugun 27 fevral, 2026 yil, juma

КИР

Denovdagi “Zamondosh” oromgohi negizida kurashchilar uchun zamonaviy o‘quv-mashg‘ulot bazasi quriladi

Denovdagi “Zamondosh” oromgohi negizida kurashchilar uchun zamonaviy o‘quv-mashg‘ulot bazasi quriladi

Surxondaryoning turizm salohiyatini ishga solib, yiliga 1 milliard dollarlik tushum qilsa bo‘ladi.

Viloyatda Al-Hakim at-Termiziy, Sulton Saodat, Kokildor ota, Qirq qiz singari 150 dan ziyod madaniy meros ob’ekti joylashgan. Hisor, Boysuntog‘, Ko‘hitang, Bobotog‘da alpinizm, trekking, ekoturizm uchun juda katta imkoniyat bor.

Yigirma asrlik tarixga ega Eski Termiz yodgorligi to‘liq o‘rganilmagan. Buddizm madaniyatiga oid Fayoztepa, Qoratepa, Dalvarzin, Zurmala kabi yodgorliklarning turizm salohiyatidan foydalanib, Yaponiya, Koreya, Xitoy, Tailanddan yiliga 500 ming sayyoh jalb qilish mumkin.

Mutasaddilarga Yaponiya turagentlari bilan turizm marshruti ishlab chiqib, muzey, o‘zbek-yapon oshxonasi va Yapon bog‘i tashkil qilish bo‘yicha loyihalarni boshlash topshirildi.

Polvonlar yurti Surxondaryoda 8 mingdan ortiq yoshlar kurash bilan doimiy ravishda shug‘ullanadi. Joriy yilda Denovdagi “Zamondosh” oromgohi negizida kurashchilar uchun zamonaviy o‘quv-mashg‘ulot bazasini qurib berish topshirildi.

Boysundagi maktab-internatda kurash bilan shug‘ullanayotgan yoshlar uchun shu yerning o‘zida ta’lim olish imkoniyatini yaratish kerakligi qayd etildi. Yangi o‘quv yilidan ushbu maktab-internatda sport bilan birga maktab darslari ham yo‘lga qo‘yiladi.

Kiritildi: Bugun 14:15. O'qildi: 318 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!