Bugun 29 aprel, 2026 yil, chorshanba

КИР

«Tezroq aqlingni yig‘!» — Donald Tramp Eronga keskin ogohlantirish yo‘lladi

«Tezroq aqlingni yig‘!» — Donald Tramp Eronga keskin ogohlantirish yo‘lladi

AQSh yetakchisi Donald Tramp Eronni «tezroq aqlini yig‘ib olishga» chaqirdi.

«Eron o‘z kuchlarini bir joyga jamlay olmayapti. Ular yadroviy quroldan xoli bo‘lish bo‘yicha kelishuvni qanday imzolashni bilishmayapti. Ularga tezroq aqlini yig‘ib olganlari ma’qul!» — deb yozdi u Truth Social ijtimoiy tarmog‘ida.

Tramp ushbu postiga qo‘lida qurol va ko‘zoynakda aks etgan suratini ilova qilgan. Sun’iy intellekt yordamida yaratilgan ushbu suratda: «Endi yaxshi yigit bo‘lish tugadi», — degan yozuv tushirilgan.

Kiritildi: Bugun 16:31. O'qildi: 394 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!