Bugun 25 avgust, 2026 yil, seshanba

КИР

Deník: Chexiyada ikki avtobus ishtirokidagi YTH oqibatida 47 kishi jabrlandi

Deník: Chexiyada ikki avtobus ishtirokidagi YTH oqibatida 47 kishi jabrlandi

Chexiyada Oleksovise aholi punkti yaqinida ikki yo‘lovchi avtobusining to‘qnashuvi oqibatida 47 kishi jabrlandi, deb yozadi Deník polisiya va mintaqaviy tez tibbiy yordam xizmatiga tayanib.

Aniqlik kiritilishicha, avariya shanba kuni, 18 iyul ertalab sodir bo‘lgan. Polisiya ma’lumotlariga ko‘ra, Brnodan Znoymoga ketayotgan avtobus ikkinchi darajali yo‘ldan asosiy yo‘lga chiqayotgan boshqa bir avtobus bilan to‘qnashib ketgan.

Avariya joyiga 13 ta tez tibbiy yordam brigadasi, sanitariya vertolyoti va jabrlanganlarni ommaviy evakuasiya qilish uchun maxsus avtomobillar yuborilgan.

Kiritildi: 23:35 18.07.2026. O'qildi: 788 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!