Bugun 4 iyun, 2025 yil, chorshanba

КИР

Dembele - "PSJ"ning yangi rekordchisi

Dembele - "PSJ"ning yangi rekordchisi

Evropa chempionlar ligasida ikkinchi yarim final uchrashuvi bo‘lib o‘tdi, Fransiyaning "PSJ" klubi o‘z maydonida Londonning "Arsenal" klubini qabul qildi - 2:1. Ikkinchi bo‘lim o‘rtalarida parijliklar Ashraf Hakimiyning sa’y-harakatlari bilan ikkinchi golni urishdi va bu vaziyatda unga zaxiradan maydonga tushgan Usmon Dembele assistentlik qildi.

U joriy mavsumda "PSJ" safida Chempionlar ligasida 12 ta golda (8 ta gol, 4 ta golli uzatma) ishtirok etdi, bu fransuz klubi futbolchisi uchun turnirning bir mavsumida eng yuqori ko‘rsatkichdir.

Ushbu juftlik g‘olibi finalda bir kun avval "Barselona"ni mag‘lub etgan Milanning "Inter" klubiga qarshi maydonga tushadi.

Kiritildi: 13:22 08.05.2025. O'qildi: 1080 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!