Bugun 9 yanvar, 2026 yil, juma

КИР

Delsi Rodriges Venesuelaning muvaqqat prezidenti sifatida qasamyod qildi

Delsi Rodriges Venesuelaning muvaqqat prezidenti sifatida qasamyod qildi

Delsi Rodriges Venesuelaning muvaqqat prezidenti sifatida qasamyod qildi.

Associated Press xabariga ko‘ra, sobiq vise-prezident qasamyodni o‘z akasi — Milliy assambleya (Venesuela parlamenti) raisi Xorxe Rodriges ishtirokida qilgan.

"Men Vatanimizga qarshi amalga oshirilgan noqonuniy harbiy agressiya oqibatida Venesuela xalqiga yetkazilgan azob-uqubatlar uchun chuqur afsusdaman. Shuningdek, ikki nafar qahramonimizning o‘g‘irlab ketilgani uchun ham afsusdaman", — dedi Rodriges qasamyod marosimida.

Avvalroq Venesuela Oliy sudi prezident Nikolas Maduroning o‘g‘irlab ketilgani munosabati bilan Delsi Rodrigesni mamlakatning vaqtinchalik prezidenti etib tayinlagan edi.

Kiritildi: 09:04 06.01.2026. O'qildi: 647 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!