Dehli universitetida o‘zbek tili va hind o‘zbek ilmiy-madaniy aloqalari markazi ochildi.
Mamlakatning Hindistondagi elchixonasi markaz faoliyatini yanada takomillashtirish maqsadida o‘zbek tili, madaniyati, tarixi va zamonaviy taraqqiyoti haqidagi ma’lumotlarni qamrab olgan kitoblarni taqdim etgan.
Dehli universiteti o‘zbek tili bo‘yicha o‘quv kurslari mavjud bo‘lgan Hindistondagi uchinchi oliy ta’lim muassasasiga aylandi. Bunga qadar 2004 yildan Dehlidagi Jamiya Milliya Islamiya hamda 2021 yildan Javaharlal Neru universitetlarida ham o‘zbek tili kurslari faoliyati yo‘lga qo‘yilgan.