Xitoyliklar «DeepSeek» deb nomlangan sun’iy intellekt modelini ommaga oshkor qilganidan so‘ng kelib chiqqan vahimalar ortidan AQSh moliya bozori 1 trln dollar atrofida mablag‘ yo‘qotdi.
Gap shundaki, AQSh kompaniyalarining «OpenAI» kabi sun’iy intellekt (SI)lari milliardlab dollar va uzoq muddat sarflab yaratilgan bo‘lsa, Xitoy kompaniyasi yuqorida nomi keltirilgan SIni sanoqli oylar ichida va bor-yo‘g‘i 6 million dollar evaziga yaratgan.
Mutaxassislar modelning qudrati «OpenAI»ning eng so‘nggi modellaridan qolishmasligini aytishmoqda.
Yangilik AQSh fond bozorida vahimani keltirib chiqardi. O‘tgan yili sun’iy intellekt to‘lqini orqali dunyoning eng boy kompaniyasiga aylangan AQShning NVIDIA chip ishlab chiqaruvchisi aksiyalari deyarli 17 foizga tushib ketdi va bir kunda 589 mlrd dollar yo‘qotdi - bu AQSh fond bozori tarixidagi eng katta kunlik yo‘qotish hisoblanadi.
Shuningdek:
Shunga qaramay, «bozordagi vahima va aksiyalar narxining qulashi – vaqtinchalik tebranish. Hammasi tez orada o‘z o‘rnini topadi», deb yozadi NYpost nashri.