Bugun 27 iyul, 2026 yil, dushanba

КИР

DeepSeek asoschisi Lyan Venfen dunyodagi eng boy SI-model ishlab chiquvchisiga aylandi

DeepSeek asoschisi Lyan Venfen dunyodagi eng boy SI-model ishlab chiquvchisiga aylandi

Bloomberg agentligining milliarderlar indeksiga ko‘ra, Venfenning boyligi qariyb 36 milliard dollarga baholanmoqda. U, shuningdek, Xitoyning sakkizinchi eng boy odamiga aylandi.

Bloomberg reytingida Venfen "Anthropic"dan Dario Amodei (qariyb sakkiz milliard dollar) va "OpenAI"dan Greg Brokmanni (25,5 milliard dollar) ortda qoldirdi.

Bloomberg'ning ta’kidlashicha, Venfenning boyligi kompaniyaga investisiyalarni jalb qilishning so‘nggi bosqichidan keyin ikki barobardan ko‘proqqa oshgan.

Kiritildi: 14:31 14.07.2026. O'qildi: 1024 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!