Bugun 29 iyul, 2025 yil, seshanba

КИР

«Davr bank» foydasiga 1.139 mln so‘m undiruv bo‘yicha AYOQSh binolari xatlandi

«Davr bank» foydasiga 1.139 mln so‘m undiruv bo‘yicha AYOQSh binolari xatlandi

Moliyaviy majburiyatlarning bajarilmasligi qonuniy oqibatlarga olib kelishi muqarrar. Farg‘onada yana bir yirik kredit qarzdorligi bo‘yicha ijro ishi boshlandi, bu safar e’tibor markazida Oltiariq tumanidagi avtomobillarga yonilg‘i quyish shaxobchasi (AYOQSh) turibdi.

Fuqarolik ishlari bo‘yicha Farg‘ona tumanlararo sudining 2024 yil 25 dekabrdagi qaroriga asosan, "MB.O." MCHJdan "Davr bank" foydasiga 1 milliard 139 million so‘m kredit qarzdorligi undirilishi lozim.

Ushbu yirik qarzni qoplash maqsadida, ijro hujjati bo‘yicha garovga qo‘yilgan va qo‘shimcha javobgar M.P.ga tegishli bo‘lgan mulkka e’tibor qaratildi. Gap Oltiariq tumani Sharq mahallasida joylashgan, qiymati 1 milliard 100 ming so‘mga baholangan AYOQSh bino va inshootlari haqida ketmoqda.

Mazkur AYOQSh bino va inshootlari ro‘yxatga olinib, xatlandi. Endilikda Majburiy ijro byurosi tomonidan qarzni undirish maqsadida bu mulkni auksionga chiqarish choralari ko‘rilmoqda.

Kiritildi: 09:45 18.07.2025. O'qildi: 568 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!