Bu haqda Reuters xabar berdi.
Borge Brende Jahon iqtisodiy forumidagi ishi nihoyatda samarali bo‘lganini ta’kidladi. Xayrlashuv nutqida u Epshteyn bilan aloqasi haqida gapirmadi.
AQSh Adliya vazirligi 2017 yildan beri Jahon iqtisodiy forumi prezidenti bo‘lib ishlagan janob Brende Epshteyn bilan bir necha bor ishbilarmonlik kechki ovqatida bo‘lganligi va u bilan elektron pochta orqali ham gaplashgani haqida ma’lumot tarqatgandi. Shundan so‘ng, Jahon iqtisodiy forumi rahbariyati Brendening Epshteyn bilan munosabatlari bo‘yicha mustaqil tergov boshladi.
Jeffri Epshteyn voyaga yetmaganlarni jinsiy ekspluatasiya qilishda ayblangan. U 2019 yilda qamoqxonada vafot etgan. Tergovchilar Epshteyn o‘z joniga qasd qilgan deb hisoblashadi. 30 yanvar kuni AQSh Adliya vazirligi Epshteyn ishi bilan bog‘liq yana 3 million faylni e’lon qildi. Vazirlik ma’lumotlariga ko‘ra, avvalgilarini ham qo‘shib hisoblaganda, ish bilan bog‘liq jami 3,5 milliondan ziyod hujjat e’lon qilingan.