Bugun 18 may, 2025 yil, yakshanba

КИР

Davlat yanvardan beri eng ko‘p soliq imtiyozini UzAuto Motors va Uzbekistan Airways AJga berdi

A A A
Davlat yanvardan beri eng ko‘p soliq imtiyozini UzAuto Motors va Uzbekistan Airways AJga berdi

Joriy yilning 4 oyi davomida eng ko‘p soliq imtiyozi UzAuto Motors AJ va Uzbekistan Airways AJga berildi. Bu haqda Soliq qo‘mitasining hisobotida ma’lum qilingan.

Davlat yanvardan beri eng ko‘p soliq imtiyozini UzAuto Motors va Uzbekistan Airways AJga berdi

Qayd etilishicha, 2023 yil yanvar-aprel oylarida ishlab chiqarish faoliyati bilan shug‘ullanuvchi 74 638 ta yuridik shaxs tomonidan 12,2 trln so‘mdan ortiq soliq to‘langan. Eng ko‘p soliqni (1,51 trl so‘m) "O‘zbekneftgaz" AJ to‘lab, 20,9 mlrd so‘m soliq imtiyoziga ega bo‘lgan. Hisobotda keltirilishicha, mamlakatda mashina ishlab chiqarish bilan shug‘ullanuvchi UzAuto Motors AJ davlatga 305,5 mlrd so‘m soliq to‘lagan. Unga 198,6 mlrd so‘m soliq imtiyozi berilgan.

Shuningdek, mazkur vaqt davomida xizmat ko‘rsatish faoliyati bilan shug‘ullanuvchi 161 543 ta yuridik shaxs tomonidan 6,3 trln so‘mdan ortiq soliq to‘langan. Ular orasida eng ko‘p soliq to‘lagan (338,6 mlrd so‘m) korxona Uzbektelecom AJ bo‘lib, u 63,9 mlrd so‘m soliq imtiyozini olgan. Shu qatorda, Uzbekistan Airways AJ 215,1 mlrd so‘m soliq to‘lab, 508 mlrd so‘m soliq imtiyoziga ega chiqqan.

Davlat yanvardan beri eng ko‘p soliq imtiyozini UzAuto Motors va Uzbekistan Airways AJga berdi

Kiritildi: 17:43 03.06.2023. O'qildi: 1353 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!