Bugun 19 sentyabr, 2024 yil, payshanba

КИР

Davlat xaridlarini amalga oshirish tartibi muhokama markazida

Davlat xaridlarini amalga oshirish tartibi muhokama markazida

Joriy yilning 14-sentyabr kuni Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti «Moliya va moliyaviy texnologiyalar» hamda «Byudjet hisobi va g‘aznachilik» kafedralari professor-o‘qituvchilari uchun O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va Moliya Vazirligi huzuridagi G‘aznachilik xizmati qo‘mitasi mutaxassislari tomonidan seminar-trening tashkil etildi.

Ta’kidlashicha, dunyoda davlat xaridlari o‘rtacha yalpi ichki mahsulotning 13–20 foizini tashkil etadi. Birlashgan Millatlar Tashkiloti ma’lumotlariga ko‘ra, dunyoda korrupsiya tufayli davlat xaridlarining 10 dan 25 foizgacha bo‘lgan qiymati yo‘qoladi.

So‘nggi yillarda O‘zbekiston davlat xaridlari tizimida ijobiy o‘zgarishlar amalga oshirilmoqda.

Davlat xaridlari tizimi yagona platforma orqali amalga oshirilmoqda. Bu esa ortiqacha xarajatlarni qisqatiribgina qolmay, byurokratiya va korrupsion holatlarni oldini olishga ham xizmat qilmoqda.

O‘tkazilgan treningda ana shu tizim haqida batafsil ma’lumot berildi.

«Davlat buyurtmachilari tomonidan davlat xaridlarini amalga oshirish tartibi» deb nomlangan trening davlat xaridlari tizimi, avvalgi va hozirgi vaqtdagi farqli jihatlari bo‘yicha ma’ruza qilindi. Amaliy keyslar orqali tushuntirish berildi.

Seminar yakunida bu kabi hamkorlikdagi tadbirlarni muntazam tashkil etib borish O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Iqtisodiyot sohalari uchun kadrlar tayyorlash tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi PQ-62-son Qarorining ijrosini ta’minlashda muhim ahamiyat kasb etishi e’tirof etildi.

Madinabonu Abdullayeva, TDIU katta o‘qituvchisi

Kiritildi: 22:07 16.09.2024. O'qildi: 597 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!