Bugun 10 may, 2025 yil, shanba

КИР

Davlat stomatologiya poliklinikalari xususiylashtiriladi

Davlat stomatologiya poliklinikalari xususiylashtiriladi

Sog‘liqni saqlash vazirligi (SSV) tasarrufidagi stomatologiya poliklinikalari to‘liq xususiylashtiriladi. Bu haqda «2025 yil uchun xususiylashtirish dasturi to‘g‘risida»gi prezident farmonida belgilandi.

Qayd qilinishicha, davlat tashkilotlari ishtirokidagi korxonalarning aksiya paketlari (ulushlari) savdoga chiqariladi, ular orasida SSV tasarrufidagi stomatologiya poliklinikalari ham bor.

Jumladan, Andijon viloyatida:

-Andijon viloyat bolalar stomatologiya poliklinikasi.

Buxoro viloyatida:

- Buxoro viloyati ixtisoslashtirilgan bolalar stomatologiya markazi;

- Buxoro viloyat stomatologiya poliklinikasi.

Jizzax viloyatida:

- Jizzax viloyat stomatologiya tabobatxonasi

- Jizzax viloyat ixtisoslashtirilgan bolalar stomatologiya poliklinikasi

Qashqadaryo viloyatida:

- Qashqadaryo viloyat bolalar stomatologiya poliklinikasi

Namangan viloyatida:

- Namangan viloyat ixtisoslashgan bolalar stomatologiya poliklinikasi

Samarqand viloyatida:

- Samarqand viloyat stomatologiya poliklinikasi;

- Samarqand shahar stomatologiya poliklinikasi;

- Samarqand viloyat ixtisoslashtirilgan bolalar stomatologiya poliklinikasi;

- Paxtachi tuman stomatologiya poliklinikasi.

Toshkent viloyatida:

- Angren shahar bolalar stomatologiya poliklinikasi;

- Yangiyo‘l tuman stomatologiya poliklinikasi;

- Bolalar stomatologiya poliklinikasi.

Farg‘ona viloyatida:

- Farg‘ona viloyat bolalar stomatologiya poliklinikasi;

- Farg‘ona viloyat stomatologiya shifoxonasi;

- Qo‘qon shahar bolalar stomatologiya poliklinikasi;

- Marg‘ilon shahar bolalar stomatologiya poliklinikasi.

Xorazm viloyatida:

- Xorazm viloyat bolalar stomatologiya poliklinikasi.

Toshkent shahrida:

- 1-son, 2-son, 4-son, 5-son, 7-son bolalar stomatologiya poliklinikalari;

- Uchtepa bolalar stomatologiya poliklinikasi

- Ichki ishlar vazirligi stomatologiya poliklinikasi;

- Xalq tabobati plyus.

Ushbu poliklinikalarning sotuvga qo‘yiladigan aksiya paketlari (ulushlari) 100 foizni tashkil etadi.

Kiritildi: 11:31 24.04.2025. O'qildi: 962 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!