Bugun 28 may, 2025 yil, chorshanba

КИР

Davlat statistika qo‘mitasi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligiga aylantirildi

A A A
Davlat statistika qo‘mitasi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligiga aylantirildi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024 yil 4 mart kuni “O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-114-sonli qarori qabul qilindi.

Unga muvofiq, Davlat statistika qo‘mitasi negizida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligi tashkil etildi.

Qaror bilan Statistika agentligi huzuridagi Statistika kengashi yangilangan tarkibda tashkil etilib, uning vakolat va majburiyatlari mustahkamlab qo‘yildi.

Statistika agentligi tizimida integrasiya jarayonlarini yanada jadallashtirish maqsadida, 2024 yil yakuniga qadar “Statistika” integrallashgan axborot tizimi vazirlik va idoralarning axborot tizimlari bilan qo‘yidagi ma’lumotlarni olish maqsadida integrasiya qilinadi:

✅ Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligining korxona
va tashkilotlarning mehnat ko‘rsatkichlari to‘g‘risidagi;

✅ Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Kadastr agentligining jismoniy shaxslar tomonidan yakka tartibda qurilgan turar joylarni
va noturar binolarni foydalanishga topshirish to‘g‘risidagi;

✅ Adliya vazirligining lisenziyalash, ruxsat berish va xabardor qilish to‘g‘risidagi;

✅ «O‘zbekiston Respublikasi tovar-xom ashyo birjasi» AJning
birja savdolariga qo‘yiladigan tovarlar narxlari to‘g‘risidagi;

✅ «O‘zbekneftegaz» AJning neft mahsulotlarini ishlab chiqarish hamda neft va gaz kondensatining manbalari va taqsimoti to‘g‘risidagi;

✅ IT-Park direksiyasining rezidenti bo‘lgan tashkilotlar faoliyati to‘g‘risidagi ma’lumotlariga integrasiya qilinadi.

Kiritildi: 13:15 06.03.2024. O'qildi: 1393 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!