Bugun 6 may, 2024 yil, dushanba

КИР

Davlat statistika qo‘mitasi: eng qimmat mol go‘shti ellik ming so‘m

Davlat statistika qo‘mitasi: eng qimmat mol go‘shti ellik ming so‘m

Davlat statistika qo‘mitasi respublikamiz bozorlaridagi oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi mahsulotlarining 2019 yil 6 avgust holatidagi narxlarini taqdim etdi.

Mol go‘shti

(suyaksiz go‘shtidan tashqari)

28 000 so‘mdan 50 000 so‘mgacha (kg)

Mol go‘shti (suyaksiz go‘shtidan tashqari) kuzatuv natijasiga ko‘ra, minimal narxi Nukus shahrining “Nukus dehqon bozori”da 28000 so‘m kuzatildi. Mol go‘shtini maksimal narxlari esa Toshkent shahrining “Oloy dehqon bozori”, “Farhod dehqon bozori”, “Mirobod dehqon bozori”da 50000 so‘m kuzatildi.

 

Qo‘y go‘shti

32 000 so‘mdan 58 000 so‘mgacha (kg)

Qo‘y go‘shti kuzatuv natijasiga ko‘ra, minimal narxlari Nukus shahrining “Nukus dehqon bozori” va Toshkent shahrining “Mirobod dehqon bozori”da 32000 so‘mdan kuzatildi. Maksimal narxi Toshkent shahrining “Mirobod dehqon bozori”da 58000 so‘mdan kuzatildi.

 

Kartoshka

1 000 so‘mdan 5 000 so‘mgacha (kg)

Kartoshka mahsulotlari kuzatuv natijasiga ko‘ra, minimal narxlari Navoiy shahrining “Saxovat bozori”, Toshkent shahrining “Eski jo‘va dehqon bozori”, “Farhod dehqon bozori”da 1000 so‘mdan kuzatildi. Maksimal narxi esa Toshkent shahrining “Oloy dehqon bozori”da 5000 so‘m kuzatildi.

 

Piyoz

500 so‘mdan 3 500 so‘mgacha (kg)

Piyoz mahsulotlari kuzatuv natijasiga ko‘ra, minimal narxlari Toshkent shahrining “Eski jo‘va dehqon bozori”, “Farhod dehqon bozori”, “Mirobod dehqon bozori”da 500 so‘mdan kuzatildi. Maksimal narxi esa Toshkent shahrining “Oloy dehqon bozori” va “Mirobod dehqon bozori”da 3500 so‘m kuzatildi.

 

Sabzi

1 000 so‘mdan 5 000 so‘mgacha (kg)

Sabzi mahsulotlari kuzatuv natijasiga ko‘ra, minimal narxlari Namangan shahrining “Namangan chorsu dehqon universal bozori”, Guliston shahrining “Guliston dehqon bozori” hamda Toshkent shahrining “Qo‘yliq dehqon bozori”da 1000 so‘mdan kuzatildi. Maksimal narxi esa Toshkent shahrining “Oloy dehqon bozori”da 5000 so‘mdan kuzatildi.

 

Tuxum

3 000 so‘mdan 9 000 so‘mgacha (10 dona)

Tuxum mahsulotlari kuzatuv natijasiga ko‘ra, minimal narxlari Toshkent shahrining “Qo‘yliq dehqon bozori”da 3000 so‘m kuzatildi. Maksimal narxi esa Toshkent shahrining “Oloy dehqon bozori”da 9000 so‘m kuzatildi.

 

Guruch

5 000 so‘mdan 18 000 so‘mgacha (kg)

 

Guruch mahsulotlari kuzatuv natijasiga ko‘ra, minimal narxi Jizzax shahrining “Jizzax markaziy dehqon bozori”da 5000 so‘mdan kuzatildi. Maksimal narxi esa Andijon shahrining “Yangi bozor dehqon bozori”, “Andijon shahrining markaziy dehqon bozori” hamda Toshkent shahrining “Oloy dehqon bozori”da 18000 so‘m kuzatildi.

 

O‘simlik yog‘i 

8 000 so‘mdan 12 500 so‘mgacha (1 l.)

O‘simlik yog‘i mahsulotlari kuzatuv natijasiga ko‘ra, minimal narxi Toshkent shahrining “Eski jo‘va dehqon bozori”, “Qo‘yliq dehqon bozori”da 8000 so‘mdan kuzatildi. Maksimal narxi esa Samarqand shahrining “Temir yo‘l dehqon bozori” hamda “Damariq dehqon bozori” da 12500 so‘mdan kuzatildi.

 

Shakar

4 800 so‘mdan 5 500 so‘mgacha (kg)

Shakar mahsulotlari kuzatuv natijasiga ko‘ra, minimal narxlari Nukus shahrining “Nukus dehqon bozori”, Samarqand shahrining “Siyob dehqon bozori”, Farg‘ona shahrining “Farg‘ona shahar markaziy dehqon bozori”, Yangiyo‘l shahrining “Ixtisoslashgan Yangiyo‘l shahar dehqon bozori”da 4800 so‘mdan kuzatildi. Maksimal narxi esa Nukus shahrining “Nukus dehqon bozori”, Andijon shahrining “Yangi bozor dehqon bozori”, “Andijon shahar markaziy dehqon bozori”, Jizzax shahrining “Jizzax markaziy dehqon bozori”, “Eski shahar dehqon bozori”, Navoiy shahrining “Saxovat bozori”, Namangan shahrining “Namangan chorsu dehqon universal bozori”, Samarqand shahrining “Siyob dehqon bozori”, “Temiryo‘l dehqon bozori”, “Damariq dehqon bozori”, Termiz shahrining “Termiz shahar oziq-ovqat bozori”, “Markaziy dehqon oziq-ovqat bozori”, Chirchiq shahrining “Chirchiq dehqon bozori”, Yangiyo‘l shahrining “Ixtisoslashgan Yangiyo‘l shahar dehqon bozori” hamda Toshkent shahrining “Oloy dehqon bozori”, “Qo‘yliq dehqon bozori” va “Mirobod dehqon bozori”da 5500 so‘mdan kuzatildi.

Manba: O‘zA

Kiritildi: 15:52 07.08.2019. O'qildi: 1894 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!