Davlat soliq qo‘mitasi raisining birinchi o‘rinbosari qo‘mita raisi vazifasini bajaruvchi etib tayinlangan.
«UzNews.uz»ning DSQ matbuot xizmatidagi manbasining xabar berishicha, Musayev Behzod Anvarovich Davlat soliq qo‘mitasi raisi vazifasini bajaruvchi etib tayinlangan.
Eslatib o‘tamiz, Behzod Musayev joriy yilning mart oyida Davlat soliq qo‘mitasi raisining birinchi o‘rinbosari lavozimida faoliyat olib borgan.
Behzod Musayev (1973 yilda tug‘ilgan) 2010−2011 yillarda qo‘mita raisining birinchi o‘rinbosari, ungacha esa Hisob palatasining raisi bo‘lib ishlagan.