Bugun 2 avgust, 2025 yil, shanba

КИР

Davlat qiyoslov ko‘rigidan o‘tmasdan faoliyat yuritib kelayotgan AYOQShga nisbatan jarima qo‘llanildi

Davlat qiyoslov ko‘rigidan o‘tmasdan faoliyat yuritib kelayotgan AYOQShga nisbatan jarima qo‘llanildi

"O‘zenergoinspeksiya" Toshkent viloyat hududiy boshqarmasi tomonidan Yuqori Chirchiq tumanida joylashgan “I. P.” MCHJga qarashli avtomobillarga yoqilg‘i quyish shoxobchasida neft mahsulotlarini tarqatish talablariga rioya etilishi yuzasidan o‘rganish o‘tkazildi.

O‘rganish davomida ushbu AYOQShagi yoqilg‘i tarqatish ustunlarining navbatdagi davlat qiyoslov ko‘rigidan o‘tmasdan istemolchilarga neft mahsulotlari sotilayotganligi aniqlandi.

Tekshiruv yakunida O‘zbekiston Respublikasining 940-sonli qonunining 43-moddasiga ko‘ra, ushbu AYOQShga nisbatan realizasiya qilingan 413 340 litr Ai-80 markali avtobenzin qiymatining 50 foizi – 1 milliard 715 million so‘m miqdorida jarima qo‘llanildi.

Kiritildi: 10:50 31.07.2025. O'qildi: 405 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!